Viloyat hokimining o’rinbosari Rustam Yo’ldoshev va viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i Ravshan To’lakovlar tomonidan Dehqonoboddagi 5-sonli musiqa va san’at maktabida tumanda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari bilan muloqot tashkil etilib, ularning bu boradagi murojaat, taklif va tashabbuslarini o’rganildi.
Ushbu muloqot va o’rganishlarni tashkil etishdan asosiy maqsad; Prezidentimizning sog’liqni saqlash tizimi xodimlari bilan bo’lib o’tadigan ” O’zbekiston tibbiyoti – inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqot sohada shaffoflikni ta’minlash, quyidan chiqayotgan taklif va tashabbuslarni qo’llab quvatlashdek ezgu maqsadni ko’zda tutadi.
Ushbu muhim tadbir oldidan soha vakillarining tibbiyotimizdagi muammolar va ularning yechimlariga doir g’oya vatakliflari qabul qilinmoqda. O’z navbatida, joylarda tizim rivojiga to’siq bo’layotgan og’riqli masalalarga ham yechim topilyapti.