Muhtaram yurtboshimizning insonni ulug‘lab amalga oshirayotgan ishlari natijasi olis hududlarda ham o‘z mevasini bermoqda. Dehqonobod tumanining togʻli mahallasi hisoblangan “Qizilcha” aholisining orzulari ushalmoqda.
Yurtimiz mustaqilligining 33 yillik tantanalari arafasida tumanning “Qizilcha” mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punkiti binosi davlat dasturi asosida qayta ta’mirlanib, zamonaviy ko’rinishga keltirildi.
Shu bois, bir guruh mahalla faollari, nuroniylar ishtirokida Qizilcha oilaviy shifokorlik punkitining zamonaviy koʻrinishdagi binosining ochilish marosimi o’tkazildi va barcha qulayliklarga ega boʻlgan tibbiyot maskani aholiga xizmat ko‘rsata boshladi.