Bugun viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasida viloyatdagi davolash profilaktika muassasalari, tuman, shahar tibbiyot birlashmalari rahbarlari, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’sullari hamda davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi viloyat bo‘limi ma‘sullari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Boshqarma boshlig‘i A.Boboyev rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi hay‘at yig‘lishida berilgan topshiriqlarning bajarilishini nazoratga olish, Vazirlar Mahkamasining 619-sonli qarori, sog‘liqni saqlash vazirligining 396-sonli buyrug‘i ijrosi va kun tartibidagi boshqa bir qator masalalar muhokama etildi.